Graham Zusi




Graham Jonathan Zusi (talaffuzi: Grem Jonatan Zusi) — 1986-yil 18-avgustda AQShda tugʻilgan. MLSning „Sporting Kansas City“ klubida chap qanot himoyachisi. AQSh terma jamoasida ham oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Klublardagi faoliyati



2009-yilgi loyihada Graham Zusi „Sporting Kansas City“ klubi tomonidan ikkinchi bosqichda tanlangan. 21-mart kuni „Toronto“ga qarshi oʻyinda u MLSda debyut qilgan. 2010-yil 11-iyun kuni „Philadelphia Union“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Graham Zusi „Sporting Kansas City“ safidagi ilk golini urgan. 2012-yilning fevralida Graham Zusi klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Oʻsha yili Graham Zusi jamoaga Lamar Hunt kubogini yutishda yordam bergan. 2012—2013-yilgi mavsumda Graham Zusiga Angliyaning „West Ham United“ klubi qiziqish bildirgan.

Xalqaro faoliyati



2012-yil 22-fevralda Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Graham Zusi AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan. 26-fevral kuni Panama terma jamoasiga qarshi oʻyinda Graham Zusi terma jamoadagi ilk golini urgan.

2014-yilda Graham Zusi terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Graham Zusi CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gaiti, Gonduras va Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2016-yilning yozida Graham Zusi oʻz uyida boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kolumbiya, Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Kosta-rikaliklarga qarshi kechgan duelda Graham Zusi gol urgan.

2017-yilda Graham Zusi CONCACAF  oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Panama, Nikaragua, Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Milliy terma jamoa safida




Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz