Grace Lau




Greys Lau Mo-sheung (1991-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — gonkonglik karatechi. U Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining karate boʻyicha ayollar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. U karate boʻyicha Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi Gonkong sportchisi hisoblanadi. Shuningdek, Grace Lau karate boʻyicha Jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari va Jahon plyaj oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi karate boʻyicha individual bahslarda bronza medali sovrindori hisoblanadi. U karate boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrt karra sovrindori hamdir.

Sportdagi faoliyati



Grace Lau 2015-yili Yaponiyaning Yokogama shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatining kata boʻyicha ayollar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medallaridan biriga sazovor boʻldi. Oʻsha yili u Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha bronza medali sohibi boʻldi.

Grace Lau 2015, 2018 va 2019-yillarda karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha yakkalik bahslarida kumush medalga egalik qildi.

2020-yilda Grace Lau Tokio (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gonkong nomidan qatnashish huquqiga ega boʻldi. U ayollar oʻrtasidagi karate bahslarida turkiyalik Dilara Bozanni 26,94 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi. Grace Lau, shuningdek, yopilish marosimida Gonkongning bayroqdori ham boʻlgan. Olimpiadadan bir necha oy oʻtgach, u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha yakkalik bahslarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi. Oradan bir oy oʻtib Qozogʻistonning Olmaota shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Grace Lau 2022-yilda AQShning Birmingham shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz