Grace Geyoro




Onema Grace Geyoro (talaffuzi: Greys Geyoro; 1997-yil 2-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Fransiya 1-divizioni ayollar klubi Paris Saint-Germain yarim himoyachisi, sardori. Kongo Demokratik Respublikasida tugʻilgan u Fransiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Yoshligi



Geyoro Kolwezi shahrida tugʻilgan va chaqaloqligida oilasi bilan Kongo Demokratik Respublikasidan Fransiyaga koʻchib kelgan. Sakkiz yoshida u Orlean shahrida joylashgan SMOC Sent-Jean-de-Braye oʻgʻil bolalar jamoasi bilan oʻynay boshladi. U 2013-yil yanvar oyida Orlean mintaqaviy olimpiya va sport qoʻmitasi tomonidan boshqa 26 kishi bilan birga ajralib turdi.

Paris Saint-Germain



2012-yilda, 15 yoshida, Geyoro Paris Saint-Germainning yoshlar safiga qoʻshildi. 2014-yil oktyabr oyida Parijning katta jamoasi safida debyut qildi va 76-daqiqada Fatmir Alushining o‘rniga maydonga tushdi va 2:0 hisobida oʻyin tugadi. 2017-yilning mart oyida u shartnomani 2021-yil iyunigacha uzaytirdi. 2018-yil 27-may kuni Geyoro Parijliklar safidagi debyut golini urdi va Soyaux ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabada dubl qayd etdi. Bu klubga 2018-1209-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini kafolatladi.

Xalqaro faoliyati



Yoshlar safida



2012-yil iyul oyida Geyoro 2012-yilgi Nordic U-16 kubogida 16 yoshgacha boʻlgan Fransiyani himoya qildi. U Shvetsiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan Islandiya ustidan 4:0 va Norvegiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvlarda toʻliq oʻynadi, Finlandiya ustidan 5:1 hisobidagi g‘alabada 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

2013-yil mart oyida Geyoro 2013-yilgi UEFA 17 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi chempionati saralashning ikkinchi bosqichida 17 yoshgacha bo‘lgan Fransiyani himoya qildi va Finlandiya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda bir marta zaxiradan maydonga tushdi.

2015-yil iyul oyida Geyoro 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2015 UEFA chempionatida Fransiyani U19 jamoasini himoya qildi. Guruh bosqichida Daniya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va Shvetsiya ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabada toʻliq oʻyin oʻtkazdi, ammo Isroil (4:0) ga qarshi zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi. U Ispaniyaga qarshi yarim finalda ham zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi, Fransiya penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub boʻldi.

2015-yil sentyabr oyida Geyoro 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2016-yilgi UEFA chempionatining saralash bosqichida Fransiyani himoya qildi. U Bosniya va Gersegovina ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda to‘liq o‘ynadi, Farer orollari ustidan 7:0 hisobidagi g‘alabaning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi. Chexiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2016-yil aprel oyida u Fransiya terma jamoasi safida elit saralash bosqichida qatnashib, Portugaliya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va Shotlandiya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda to‘liq o‘ynagan va gol urgan. 2016-yil iyul oyida 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2016-yilgi UEFA chempionatida Fransiya bilan oʻynadi. Guruh bosqichida u Norvegiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi, Slovakiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozondi va Gollandiya ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabada ikkinchi golni urdi. Bu uning uchinchi oʻyini edi. U yarim finalning toʻliq oʻyinida Shveysariya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonib finalda Ispaniya ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabada birinchi golni urdi.

2016-yil mart oyida 19 yoshgacha boʻlgan Fransiya 2016-yilgi La Manga ayollar turnirida ishtirok etdi. Unda Geyoro va jamoasi Norvegiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, Italiya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonganida zaxiradan maydonga tushdi va Shvetsiya ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabada yagona gol muallifi boʻldi.

2016-yil noyabr oyida Geyoro 2016-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasiga tanlangan edi. U turnir oldidan Avstraliyada Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Turnirning guruh bosqichida u barcha 3 o‘yinni o‘tkazdi, Fransiya AQSH bilan 0:0 va Gana bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi, Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Chorak finalda Germaniya ustidan 1:0 va yarim finalda Yaponiya ustidan 2:1 hisobida gʻalabali uchrashuvlarda toʻliq oʻyinlarni oʻtkazdi. Finalda Geyoro Shimoliy Koreyaga(3:1) qarshi oʻyinga tushdi va Fransiyaning yagona golini kiritdi. U turnirning barcha uchrashuvlarida toʻliq oʻynaga yagona jamoa aʼzosi edi.

Kattalar safida



2017-yilning 22-yanvarida Geyoro Fransiya kattalar jamoasi safida Janubiy Afrikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:0) debyut qildi va 69-daqiqada Sandie Toletti o‘rniga maydonga tushdi. 2017-yil mart oyida u 2017-yilgi SheBelieves kubogida Fransiyani himoya qildi. Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va Germaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘yinda to‘liq o‘yin o‘tkazdi. 2017-yil iyul oyida u UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi va jamoadagi eng yosh oʻyinchi boʻlgandi. Guruh bosqichida Avstriya va Shveysariya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi, shuningdek, chorak finalda Angliyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2018-yil mart oyida u 2018-yilgi SheBelieves kubogida Fransiyani himoya qildi, AQSH bilan 1:1 hisobida durang va Germaniya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2019-yilning 4-martida u Fransiya terma jamoasi safida debyut golini urdi va Fransiyaning Urugvay ustidan qozonilgan 6:0 hisobidagi g‘alabasida 4-golini kiritdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



17-sentyabr 2022-yil[51]

Ballar va natijalar birinchi navbatda Fransiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Geyoroning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Yutuqlari



Paris Saint-Germain

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz