Grace Dangmei




Grace Dangmei (1996-yil 5-fevralda tugʻilgan) — hindistonlik futbolchi, Qarshining „Nasaf “ klubi va Hindiston ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi. Grace Dangmei 2014-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2016-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida boʻlgan va Shri-Lanka darvozasiga ikkita gol urgan. 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida u finalning birinchi yarmida gol urdi va Hindistonga turnirda ketma-ket toʻrtinchi marta chempion boʻlishiga yordam berdi.

Yoshligi



Grace Manipur shtati, Churachandpur tumani, Kangvay boʻlinmasi, Dimdailong qishlogʻi Dangmei Simon Dangmei va Rita Dangmei oilasida tugʻilgan. Grace Dangmei Rongmei qabilasiga mansub.

Oʻyindagi faoliyati



Grace Dangmei Dangmei KRYPHSA bilan Hindiston Ayollar Ligasining ilk mavsumida oʻynadi va yana bir mavsumni klubda oʻtkazdi. Grace Dangmei 2019-yilda IWLning 3-nashri uchun Sethuga qoʻshildi. 2018-yilgi Hindiston ayollar ligasida u eng tez rivojlanayotgan oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi. Grace Dangmei Sethu FC bilan 2019-yil 6-may kuni Manipur Police Sports Clubga qarshi birinchi oʻyinida dubl qayd etdi va 2018-2019 IWL mavsumida gʻolib chiqdi.

Keyin u 2021-yilda Gokulam Kerala safiga qoʻshildi va vitse-kapitanlikni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, 2021-yil 15-iyul kuni Butun Hindiston Futbol Federatsiyasi (AIFF) ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2020-2021 pilot turnirida Hindiston vakili sifatida nomzod qilib koʻrsatildi. Grace Dangmei 2021-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻyinlarida maydonga tushdi va 14-noyabr kuni Oʻzbekistonning "Bunyodkor" ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda ajoyib oʻyin koʻrsatdi va ular 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻsha qitʼa turnirida ular uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 2021—2022-yilgi mavsumda uning jamoasi Gokulam Kerala chempionlikni qoʻlga kiritdi va ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi.

2022-yilning 2-iyulida Grace xorijda professional shartnoma imzolagani, Oʻzbekiston Ayollar Superligasi vakili Qarshining „Nasaf“ klubi (rasmiy nomi „Sevinch Qarshi“ PFK nomi bilan tanilgan) bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Xalqaro maydonda



Grace 2014-yilda Hindiston U-19 tarkibida maydonga tushgan.

Grace Dangmei 2013-yilda OFK saralash bosqichida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosiga aylanadi. Milliy terma jamoadagi 6 yil davomida u 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan. Keyinchalik, 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida ular Nepalni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Uning 2020-yilgi OFK ayollar olimpiya saralashining 2-raundida Indoneziyaga qarshi oʻyinida erishgan dubl unga shuhrat keltirdi.

Grace 2021-yilgi Manausdagi ayollar futboli xalqaro turnirida Hindistonni himoya qildi va u yerda Braziliya va Chili kabi jamoalar bilan toʻqnash keldi. Grace Dangmei 1-dekabr kuni Venesuelaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda gol urdi.

Karyera statistikasi




Xalqaro goli




Yutuqlari



Hindiston

Sethu

Gokulam Kerala

Manipur

Individual

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz