Grace Bedell




Grace Bedell (inglizcha: Grace Greenwood Bedell, Billingsga turmushga chiqqan; 1848 — 1936) — amerikalik, 11 yoshida AQSh prezidenti Avraam Linkolnga xat yozgan. Keyinchalik Linkoln 1861-yil fevral oyida Bedell bilan uchrashdi.

Hayoti



1848-yili 4-noyabrda Nyu-Yorkning shtatining Albion qishlogʻida tugʻilgan. Oilada yana ikkita opa-singil bor edi — Elis va Xelen ismli qizlar. Bedell bolaligini Vestfild qishlogʻida oʻtkazdi.

Linkolnga xat yozish




1860-yilning 15-oktabr kuni, Linkoln AQSh prezidenti boʻlib saylanishidan oldin Grace Bedell nomzodga soqolin oʻstirish toʻgʻrisida iltimos yozib, xat yuborgan boʻladi. Qizning maktubida soqol Linkolnning tashqi koʻrinishini yaxshilashi, hali oʻzining aytilgan akalari bilan nomzod soqoli oʻstirsa, ular oʻz ovozin berishlarini garovga qoʻygan. 4 kundan soʻng, 19-oktabr Linkoln qizning iltimosini bajarishga vaʼda bermadi, biroq u bir oy ichida soqolini oʻstirdi. Prezidentlikka saylanganidan soʻng, Amerika boʻylab sayohat chogʻida, yangi rahbar Greysning tugʻilgan shahriga toʻxtadi va uni topib olganidan keyin soqoli uchun minnatdorchilik bildirdi. New York World gazetasi 1861-yil 19-fevraldagi sonida ushbu voqea haqida xabar berdi. Va 1878-yilda mahalliy gazetaga bergan intervyusida Greys Bedell-Billings amerikaliklarga uni xat yozishga nima undaganini eslatdi. Asl Grace Bedell maktubi hozirda Detroit Public Library Burton Historical Collection saqlanadi. Linkolnning javob xati 1990-yillar boshida 1 000 000 dollarga sotuvga qoʻyilgan va nomaʼlum xususiy kolleksiyachi tomonidan sotib olingan.

2007-yili tadqiqotchilar Gracening Linkolnga yozgan yana bir maktubni topdilar, u yerda Bedell oʻz ota-onasi uchun moliyaviy yordam soʻradi. Maktub 1864-yili 15 yoshar Grace bilan yozilgan.

Shaxsiy hayoti



Grace 17 yoshida AQSh fuqarolar urushining ishtirokchisi serjant Jorj Nyuton Billingsga turmushga chiqib, ular Kanzas shtatining Delfos shahriga koʻchgan. Delfosda er-xotinning 1 oʻgʻli bor edi. Grace Bedell 1936-yil oʻzining 88-tugʻilgan kunigacha 2 kun yetmay, 2-oktabr vafot etdi, mahalliy qabristonga dafn qilindi.

Linkoln rasmlar




Xotira




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz