Grace Adams




Grace Adams (1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – ganalik futbolchi, Oʻzbekiston ayollar professional ligasida ishtirok etuvchi „Sevinch“ klubi va Gana ayollar terma jamoasida yarim himoyachi va markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Grace Janubiy Florida universitetida toʻliq stipendiyada oʻqigan va Amerika Qoʻshma Shtatlarining talaba sportchisi (2015-2019) boʻlishi bilan bir qatorda hozirda ilmiy daraja sohibiga aylangan. Grace 2014-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA U20 jahon chempionatida Gana ayollar terma jamoasi (U20) sardori boʻlgan.

Tarjimayi holi



Robert va Elizabetning oliasida, Edumfa shahri chekkasida, Keyp sohilida tugʻilgan. Adams bitta opasi va toʻrt akasi bilan Edumfa chekkasida voyaga yetgan va keyinchalik Akkraga koʻchib oʻtgan.

2008-yilda 13 yoshida Adams Gananing 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi lageri, Gana Futbol Markaziga chaqirilgan. afsuski, Adams FIFA U17 jahon chempionatining birinchi nashri uchun jamoaga kira olmadi. 2010-yilda Adams Trinidad va Tobagoda boʻlib oʻtadigan U17 jahon chempionati saralash bosqichiga yana bir chaqiruv oldi.

Klub faoliyati



Adams oʻz faoliyatini Ganadagi Prison Ladies jamoasida boshladi. U 2015-yildan 2018-yilgacha Janubiy Florida universitetiga oʻqishga kirgan va Amerika Atletik Konferentsiyasida Janubiy Florida Bullz talabasi sportchisi sifatida oʻynagan. U 2017-yilgi mavsumda gʻolib chiqdi.

Janubiy Florida universitetini tugatgandan koʻp oʻtmay, u Ganaga qaytdi va 2019-yil 16-avgustda u Nigeriya Ayollar Premyer-ligasining „Rivers Angels“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2020-yil 24-yanvarda Adams Livanga koʻchib oʻtdi va 2019-20-yil oʻrtalarida SAS bilan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi uchun yettita oʻyin oʻtkazib, beshta golga assistentlik qildi va jamoasining ligada gʻalaba qozonishiga yordam berdi.

Adams Ganaga qaytib, Gana Ayollar Premier-ligasida Berry Ladies jamoasi tarkibida oʻynadi. 2021-yilda u Qozogʻiston chempionatining BIIK Chimkent klubi safiga oʻtdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Grace Adams Gana terma jamoasi safida birinchi marta 2010-yilda Trinidad va Tobagoda boʻlib oʻtgan FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi musoboqasida ishtirok etgan. Keyinchalik Adams 20 yoshgacha boʻlgan jamoaga oʻtdi va u 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.  Adamsning U-20 darajasidagi ishtirokida 2014-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Gana terma jamoasiga sardorlik qildi.

2020-yil 30-noyabrda Adams Marokash ayollar jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar jamoasidagi dastlabki oʻyinini oʻtkazdi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Yutuqlar




Janubiy Florida Bulls

SAS

BIIK Chimkent

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz