G’OZYAPROQ



G’OZYAPROQ, tangayaproq — ra’nodoshlarga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’simliklar turkumi. Asosan, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada 300 ga yaqin turi ma’lum. O’zbekistonda Sibir G’ozyaproqi (alximillasi) (A. ziztsa 2at.) turi o’sadi. Bo’yi 80 santimetrgacha. Barglarining uzunligi 1,5—5 santimetr, eni 2,5—6,5 santimetr, buyraksimon yoki dumaloq buyraksimon, 7-9 bo’lakchali. Kosachasi 2 qavat, har qavatida 4 tadan kosachabarglari bor. Gultojisi yo’q. Gullari mayda, yashil yoki sarg’ish. Changchilari 4 ta, urug’chisi 1 ta. Iyul avgustda gullab urug’laydi. Tog’ zonasidagi zax yerlar, daryo va soy bo’ylarida o’sadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz