G’OZPANJA — ra’nodoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’zbekistonda Sharq G’ozpanjasi, pakana G’ozpanja, ko’p qirqilgan G’ozpanja, Jung’or G’ozpanjasi, chiviqsimon G’ozpanja, o’rmalovchi G’ozpanja, Osiyo G’ozpanjasi va boshqa ko’plab turlari uchraydi. Osiyo G’ozpanjasi yoki beshbar G’ozpanjaning bo’yi 15-75 santimetr, barglari panjasimon, arra tishli, 5-7 bargchali. Gullari poya uchidagi to’pgulga joylashgan, sariq, diametri 18-22 millimetr. Tojbarglari kosachabarglariga nisbatan 2 marta uzun. May—avgust oylarida gullab, urug’laydi. Tog’yon bag’irlarida, daryo bo’ylarida, tashlandiq yerlarda va qisman bedazorlarda begona o’t sifatida o’sadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish