G’OZOYOQ



G’OZOYOQ — soyabongullilar oilasiga mansub ikki yillik o’tsimon o’simlik turi. Bo’yi 40-60 santimetr, poyasi o’rta qismidan keng ro’vaksimon shoxlangan. Yaproqlari dumaloq-uchburchaksimon, uch bo’lakli, bo’lakchalari qalami nashtarsimon, gullari ko’p nurli soyabonlarga yig’ilgan, soyabonchalari 10-12 gulli. Gultojlari oq, may-iyun oylarida gullab, urug’laydi. Partov yerlar, ariq, kanal, daryo bo’ylarida va bog’larda, sug’oriladigan ekinlar orasida o’sadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz