Goʻzal masjidi




Koordinatalari: 41°N 69°E / 41°N 69°E / 41; 69 G O

Goʻzal masjidi  — Toshkent shahri Yashnobod tumani Goʻzal mahallasi joylashgan jomeʼ masjidi. Masjidning yangi qurilayotgan binosi ushbu hududdagi yirik masjid bo'lishi kutilmoqda. 2013-yil 27-may sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Tarixi



Sobiq ittifoq davrida ushbu mahalla hududida masjid boʻlmagan. Yoshi ulugʻ keksalar mahalla choyxonasining bitta xonasida namoz oʻqib kelishgan. Hayit namozlarini ham boshqa uzoqroq mahallalardagi masjidlarga borib oʻqishgan. 1997-yili mahalla faollari Qulmuhammad Mirzajonov va mahalla oqsoqoli Qozoqboy ota tashabbusi bilan hashar uyushtirilib, mahallaning yangi masjidi qurilgan. 1998-yil 12-noyabrda esa Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Mahalla hududi 2011-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanidan Toshkent shahar Hamza tumaniga (hozirgi Yashnobod tumani) oʻtganligi sababli 2013-yil 27-mayda № 07/13/152-son bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasidan qaytadan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Masjid tahoratxonasining binosi taʼmirga muhtoj holga kelganligi bois 2007-yili yangi tahoratxona binosi qurilgan. 2008-yili masjid xonaqohining chap tomonidan yozgi ochiq ayvon qurildi.

Joylashuvi



Masjid Toshkent avtomobil halqa yoʻli „Iltifot“ bekatidan Sokin koʻchasiga 200 metr masofada mahallaning janubiy qismida joylashgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz