Go'zal Ismatova




Goʻzal Odiljon qizi Ismatova (tugʻ. 1996-yil 3-yanvar, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston — 2021-yil 22-fevral) — oʻzbek bokschisi, ogʻir vaznda ishtirok etgan. 2014-2017-yillarda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan va 2017-yilda boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi.

Biografiya



Goʻzal Ismatova 2017-yilda Jizzax olimpiya zaxiralari kollejini tamomlab, boks bilan shugʻullangan. 2017-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirgan. U 2021-yil 22-fevralda saraton kasalligidan vafot etdi.

Sport faoliyati



Goʻzal sport ustasi murabbiyi Gʻayrat Karimov rahbarligida boks bilan shugʻullana boshlagan. 2013-yilda viloyat chempionatida birinchi oʻrinni egallagan, 2014-yilda esa mamlakat chempionatida respublika chempioni boʻlgan. 2015-2017-yillarda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

2015-yili Ulanchabda (Xitoy) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u finalda xitoylik bokschi Van Shijinga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2016-yilda Ostonada (Qozogʻiston) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida u muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, ochilish jangida xitoylik bokschi Van Shijinga yutqazib qoʻydi. 2017-yilda Xoshiminda (Vyetnam) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u final uchrashuvida vetnamlik bokschi Ti Tran Nini magʻlub etib, qitʼa chempioniga aylandi.

2018-yilda Nyu-Dehlida (Hindiston) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida u chorak finalda rossiyalik bokschi Kristina Tkachevaga yutqazib qoʻydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz