Goʻzal Begim




Goʻzal Begim (asl ismi: Goʻzal Matyoqubova ; 1974-yil 31-yanvar, Qoʻshkoʻpir tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoira, tarjimon, jurnalist. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Boshqirdistonning „Ona yuragi“ tanlovi gʻolibasi, AQSHning Ayova Xalqaro Yozuvchilar dasturi ishtirokchisi, Vyetnam xalq respublikasi tomonidan „Xalqaro adabiy aloqalar rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ medali sohibasi. Shuningdek, shoira 2020-yili jurnalistika sohasidagi faoliyati uchun „Yilning eng faol jurnalisti“ deb topilgan.

Tarjimai holi



Goʻzal Begim (Goʻzal Matyoqubova) 1974-yil 31-yanvar kuni Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Oʻzbekyop qishlogʻida tugʻilgan. 1996-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2001—2003-yillarda Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshida tashkil etilgan Oliy adabiyot kursini tamomlagan.

Faoliyati



Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, „Kitob dunyosi“, „Sogʻlom avlod“ gazetalari, „Gʻuncha“ jurnali, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, „Hurriyat“ gazetasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Toshkentdagi TMS institutida faoliyat koʻrsatgan.

Ijodi



„Sukunat jarangi“ (1998), „Uchayotgan yaproq soyasi“ (2002), „Majnunsoat“ (2012), „Yoki“ (2018) kitoblari nashr etilgan.

Sheʼrlari „Oʻzbek modern sheʼriyati“ (Toshkent, 2008), „Oʻzbek yosh shoirlari“ (Toshkent, 2008), „Anor-Granat“ (Moskva, 2008), „Annotirovanniy katalog“ (Yerevan, 2009), „Xalqaro antologiya“ (Vyetnam, 2012), „Happiness: The Delight — Tree (Schastye:Derevo Vostorga) “(New-York,2015), „Fairy-tale“ (USA, Iowa, 2015) kabi xalqaro va Oʻzbekiston miqyosidagi jamoa toʻplamlarida chop etilgan.

Sheʼrlari rus, ingliz, ukrain, bengal, arman, turk, qozoq, vyetnam, boshqird, arab tillariga tarjima qilingan.

Tarjimalari



Badiiy tarjima bilan shugʻullanadi. Aleksandr Blok, Anna Ahmatova, Marina Svetayeva, Osip Mandelshtam, Shimborskaya, Sergey Leshakov sheʼrlarini, zamonaviy vyetnam, arman, rus sheʼriyatini, Milorad Pavich, Doirs Lessing nasrini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz