G’OYIBOV JO’RA YOMG’IROVICH



G’OYIBOV JO’RA YOMG’IROVICH (1942.16.12, Tojikiston Respublikasining Qo’rg’ontepa viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Leninobod pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan Qo’rg’ontepa viloyatining Xo’jamaston tumanidagi 7-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, 1978 yildan 26-maktabda direktor. 1983 yildan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi 4-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi. “Qalb javohiri”, “men seni kuylayman”, “Tallimarjon boychechagi”, “tuygular jilosi”, “Armonli dunyo” she’riy to’plamlari, “o’lib tirilgan odam” hikoyalar to’plami muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz