Goyas
Goyas — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya shahri. Relyefi bal. 800–900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 22— 26°, yiliga 1500–2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shimolida savannalar egallagan, doim yashil oʻrmonlar bor.
Goyas — agrar shtat; yirik shaharlar atrofida dehqonchilik, ichki rayonlarda ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajoʻxori, maniok, loviya yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-oʻrinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yogʻochni qayta ishlash, koʻn poyabzal. Yirik shaharlari: Anapolis, Seris.
Manbalar
uz.wikipedia.org