Govxonasoy




Govxonasoy — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy, Gʻuzordaryoni tashkil etuvchilaridan biri — Katta Oʻradaryoning chap irmogi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi buloqlardan boshlanuvchi 20 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 15 km. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Govxonasoy havzasi past togʻlarda joylashgan, yogʻin kam yogʻadi, shuning uchun kamsuv. Suvining asosiy qismi (80—85%) bahorda oqib oʻtadi. Govxonasoyda jala yomgʻirlardan soʻng baʼzan toshqinlar boʻladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz