Govkush




Govkush - Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Xoʻja Rushnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh boʻlgan va Shayxontohur koʻchasi (Toshkoʻcha; hozirgi Navoiy koʻcha)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, oʻzbeklar Shayxontohur arigʻidan suv ichgan. Aksariyat aholisi toʻqimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shugʻullangan. Doʻkon, masjid boʻlgan (20-a. boshlari). Mahalla aholisining dexqonchilik yerlari va bogʻlari Otchoparda va Tovqattepada boʻlgan. Govkushning hozirgi hududida Oʻzbek milliy akademik drama teatri va Labzak turar joy mikrorayonining
bir kismi joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz