Goucher kolleji




Koordinatalari: 39°24′28.000000000012″N 76°35′31.999999999988″W / 39.40777777777778113°N 76.59222222222221887°W / 39.40777777777778113; -76.59222222222221887 G O

Goucher kolleji (talaffuzi: gowchər) — Maryland shtatining Towson shahrida joylashgan xususiy liberal sanʼat kolleji. 1885-yilda Baltimoreda boʻlib oʻtgan konferensiyada John Goucher va Metodist yepiskop cherkovining mahalliy faollari tomonidan asos solingan. Kollejning moliyaviy mablagʻi — $191.4 million (2020). Tarixiy joylar milliy roʻyxatidagi raqami — 07000885. Goucher 1986-yilga qadar faqat ayollar uchun ixtisoslashtirilgan kollej boʻlgan. Undan keyin nafaqat ayollar, balki erkaklar ham ushbu kollejda taʼlim olishi mumkin boʻlgan. 2023-yil holatiga koʻra, Goucher kollejida 31 ta mutaxassilik boʻyicha 1 100 ta bakalavr va 39 ta yoʻnalish boʻyicha 900 ta aspirantlar bor. Bundan tashqari, Goucher kollejida tahsil olgan talabalarga mutaxassislikka oid sertifikatlar taqdim etiladi va bir qancha taʼlim dasturlarida ishtirok etishlari ham mumkin.

Dastlab, Goucher kollejining kampusi Baltimore shahrining markazida joylashgan. Lekin 1953-yilga kelib Towson shahrining markaziga, yaʼni hozirgi binosiga koʻchirilgan. Kollej Landmark konferensiyasining aʼzosi. Shuningdek, NCAA Division III sport musobaqalarida, jumladan, lakros, tennis, futbol, volleybol, basketbol va ot sporti kabilarda ham ishtirok etib keladi. Goucher kolleji Qoʻshma Shtatlardagi barcha bakalavrlarning chet mamlakatlarda taʼlim olishini qoʻllab quvvatlaydigan kam sonli kollejlardan biri. Amerikalik yozuvchi Loren Popening „Colleges That Change Lives“ (Hayotni oʻzgartiradigan kollejlar) nomli kitobida eng yaxshi 40 ta kollejdan biri sifatida keltirib oʻtilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz