Gotye
Wouter „Wally“ De Backer (talaffuzi: Vauter Valli De Baker; 21-may 1980-yilda tugʻilgan)
Gotye taxallusi bilan mashhur belgiya-avstraliyalik xonanda, sozanda va shoirdir. Ovozini Sting va Peter Gabriel′larnikiga qiyoslashadi.
Gotye uchta studiyaviy va bitta remiks albom chiqargan. Gotye′ning 2011-yilgi „Somebody That I Used to Know“ ashulasi Billboard yuzligida 1-raqamni olib, uni belgiyaliklar orasida Billboard birinchiligini olgan ikkinchi xonanda qildi (birinchisi 1963-yili Sœur Sourire edi). U beshta ARIA mukofotini qoʻlga kiritdi, 2011-yili MTV EMA nomzodi boʻldi.
Diskografiyasi
Manbalar
Ishoratlar
uz.wikipedia.org