Gotland




Gotland — Boltiq dengizining oʻrta qismidagi yirik orol. Skandinaviya yarim oroldan 84 km kenglikdagi boʻgʻoz orqali ajralib turadi. Mayd. 2960 km. Aholisi 58 ming kishi (1993). Maʼmuriy jihatdan Shvesiyaga qarashli. Ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan plato. Karst rivojlangan. Bal. 83 m gacha.

Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi. Yillik yogʻin 500 mm. Orolning qariyb yarmi qaragʻay oʻrmonlari bilan band, torf qatlamlari uchraydi. Ohaktosh olinadi. Q.x.da asosan, bugʻdoy, suli, qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Chorvachilik ham rivojlangan. Bosh shahri va porti — Visbyu. Xall-Xangvar rezervati bor. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz