Got tili




Got tili — qad. german qabilalaridan gotlar tili, german tillari sharqiy guruhiga mansub. U Skandinaviyadan topilgan miloddan avvalgi 1-asrga oid yozuv yodgorliklardan maʼlum. Ikki asosiy shevasi — ostgot va vestgot boʻlgan. Got tilida umumgerman tillariga xos xususiyatlar — shovqinli undoshlar, unlilar uygʻunlashuvi, analitik feʼl shakllari boʻlgan. Bular hozirgi Qrim hududida amalda boʻlgan qad. got tilining (ostgot shevasidagi) O. G. de Busbek tomonidan 16-asrda yozib qoldirilgan namunalarida uchraydi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz