Gʻoʻssoy




Gʻoʻssoy — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uz. 18 km. Zarafshon tizmasining Chaqilikalon tarmogʻidan Murinak dovoni yaqinidan boshlanadi. Dargʻom kanaliga borib qoʻshiladigan Selxona (Moʻminobod) soyiga quyiladi. Qor, yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Gʻ. yon-atrofidagi Childuxtaron va Chakchakidon gʻorlari arxeologik ahamiyatga ega. Soy vodiysida Gʻoʻs, Soygʻoʻs qishloqlari joylashgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz