Goryokaku




Goryōkaku (yaponcha: 五稜郭?) (soʻzma-soʻz tarjimasi: „besh qirrali fort“) Hokkaido orolining Hakodate shahrida joylashgan yulduz shaklli fortdir. 1866-yilda qurib bitkazilgan. Qisqa vaqt yashagan Ezo Respublikasining markaziy qarorgohi vazifasini bajaragan.

Tarixi



Goryokaku 1855 yilda Takeda Ayasaburo tomonidan loyihalashtirilgan. Uning loyihasi fransuz arxitektori Sebastien Le Prestre de Vaubanning ishilariga asoslangan edi. Fort 1866 yilda, Tokugava syogunligi qulashidan ikki yil oldin qurib bitkazilgan. U besh qirrali yulduz shaklida qurilgan. Bu anʼanaviy yapon qal’alariga qaraganda devorlarga koʻproq toʻp-zambaraklar oʻrnatishga imkoniyat yaratdi va toʻpdan oʻq uzish mumkin boʻlmagan koʻrinmas hududlar sonini kamaytirdi.

Fort Tokugava syogunligi tomonidan Sugaru boʻgʻozini rus flotining ehtimoliy bosqinidan himoya qilish maqsadida qurilgan. 1869-yilda bir yilgina yashagan Ezo Respublikasi poytaxti maqomida edi. U Yaponiya Imperiyasi va Ezo Respublikasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan Boshin urushining soʻngi jang maydoniga aylandi. Hakodate Jangi nomi bilan tarixda qolgan jang bir hafta davom etdi (1869-yil 20-27-iyun). Shunday qilib, Yaponiyaning soʻngi fuqarolar urushi Goryokaku fortida yakuniga yetdi va Yaponiya tarixining yangi davri boshlandi.

Hususiyatlari




Xronologiya




Park



Bugungi kunda Goryokaku forti maxsus madaniy meʼros obyekti hamda maxsus parki sifatida faoliyat yuritmoqda. Hakodate shahri muzeyining bir qismi va bahorda sakura gullarini tomosha qilish uchun jamoatning sevimli joylaridan biridir.

Manbalar




Oʻqish uchun




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz