Gorn (cholgʻu asbobi)




Gorn (nem. Horn — shox) — mis puflama musiqa cholgʻusi, ventil (maxsus mexanizm)siz truba. Fanfara, askar burgʻuchasi kabi turlari mavjud. Jarchi soz boʻlib, 20-asrda ham butun dunyo (shu jumladan, Oʻzbekistan) harbiy qoʻshinlarida, oʻspirin yoshlar (chet elda — skaut, sobiq Ittifoqda — pioner) jamoalarida keng qoʻllanilgan. G. negizida byugelgorn, saksgorn singari puflama sozlar yuzaga kelgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz