Gormon
Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi.
Baʼzilari muayyan aʼzolarga, masalan:
Tireotrop gormon — asosan qalqonsimon bezda,
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) — buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga,
Estrogen lar bachadonga taʼsir etadi va hokazo.
Boshqalari (qalqonsimon bez gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi.
Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, masalan: Insulin, uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi.
Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi,
Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi,
Oʻsish gormoni (Somatotrop gormonlar) yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Masalan, xavf-xatar tahdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda adrenalin koʻproq chiqarilib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekretksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusga boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz gormonlarni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) gormonlarning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekretksiya bezidan gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror sabab bilan gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekretsiya bezidan gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror gormonlar kamayib ketsa (masalan toʻqimalarda gormonlar tez parchalanganda) rilizing gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez gormonlarni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi gormonlarini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chiqariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Masalan glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Gormonlar — bu organizmdagi maxsus bezlar tomonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar bo‘lib, ular organizmning turli tizimlarida signal vazifasini bajaradi va organizm funksiyalarini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Gormonlar qon orqali yoki limfa suyuqligi orqali maqsad organlarga yetib borib, ularning faoliyatini o‘zgartiradi yoki boshqaradi.
Gormonlarning asosiy xususiyatlari:
- Kimyoviy tabiati: Gormonlar asosan oqsillar, steroidlar yoki aminali birikmalar (aminokislotalardan hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin.
- Sekretatsiya joyi: Gormonlar endokrin bezlar (masalan, qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar) tomonidan ishlab chiqariladi.
- Maqsad hujayralar: Gormon organizmdagi aniq hujayra yoki organlarga ta’sir qiladi, bunda gormonlar ushbu hujayralarda maxsus retseptorlar bilan bog‘lanadi.
- Ta’sir doirasi: Gormonlarning organizmdagi ta’siri uzoq davom etishi va umumiy bo‘lishi mumkin.
Gormon turlari:
- Antidiuretik gormon (ADG): Buyraklarda suvni ushlab turishga yordam beradi.
- Insulin: Qand miqdorini nazorat qiladi va qondagi glyukoza darajasini kamaytiradi.
- Testosteron: Erkak jinsiy xususiyatlarini rivojlantiradi.
- Oksitosin: Homiladorlik va tug‘ish jarayonida mushaklarning qisqarishini rag‘batlantiradi.
- Kortizol: Stressga javob beradi va organizmning metabolizmini tartibga soladi.
Gormonlarning ahamiyati:
- Metabolizm jarayonlarini boshqarish.
- O‘sish va rivojlanishni tartibga solish.
- Suv-tuz muvozanatini ta’minlash.
- Reproduktiv funksiyalarni nazorat qilish.
- Stress va organizmning boshqa tashqi va ichki sharoitlarga moslashishini ta’minlash.
Xulosa:
Gormonlar organizmdagi o‘zaro aloqalarni ta’minlovchi muhim bioaktiv moddalardir. Ularning muvozanatsizligi turli kasalliklar, masalan, diabet, qalqonsimon bez kasalliklari yoki gormonal buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun gormonlar faoliyatini diqqat bilan kuzatish va muvozanatda ushlab turish salomatlik uchun juda zarurdir.