Gorelyef




Gorelyef (frans. haut — baland va relief — relyef, boʻrtma) — haykaltaroshlik turi. Tasvir (odam, hayvon, manzara va b.)ning yarmidan koʻprogʻi zamin sathidan boʻrttirib ishlanadi. G. Qad. Rim, Yunoniston, Hindiston meʼmorligi, haykaltaroshlik va bezak sanʼatida keng qoʻllanilgan (mas, Maharashtra shtati Karli qishlogʻidagi gʻor — Budda ibodatxonasi, mil. av. 1-asr). Oʻzbekiston hududidagi Ayritom (1—2-asrlar), Varaxsha (8-asr) harobalaridan tosh va ganchdan ishlangan G.lar topilgan (raqqosa, sozanda, ot, jayran shakllari). Toshkent metrosining "Sobir Rahimov", "Buyuk Ipak yoʻli", "Mustaqillik maydoni" bekatlaridagi lavhalarda G. qoʻllanilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz