Gordon Parks
Gordon Rojer Alexander Buchanan Parks (1912-yil 30-noyabr – 2006-yil 7-mart) amerikalik fotograf, bastakor, yozuvchi va kinorejissor boʻlib, 1940-1970-yillarda AQSH fotojurnalistikada, ayniqsa fuqarolik huquqlari, qashshoqlik kabi mavzularda o`zining qarashlari bilan ancha yaxshi tanilgan.
Parks yirik kinofilmlarni suratga olgan va rejissorlik qilgan. U "blaksploitation "janrini yaratgan. U 1940-yillardagi kambag'al amerikaliklarning ajoyib suratlari (federal hukumat loyihasi uchun olingan), Life jurnali uchun ishlangan fotoinsholari va 1971-yilgi "Shaft" filmining rejissori sifatida yaxshi esga olinadi. Parks shuningdek, yozuvchi, shoir va bastakor ham bo`lgan.
Yoshlik
Parks 1912-yil 30-noyabrda Kanzas shtatining Fort Skott shahrida tug`ilgan. Ota-onasining ismlari Endryu Jekson Parks va Sara Ross bo`lgan. U oilada 15ta farzandning eng kichigi bo`lgan. Uning otasi dehqon bo‘lib, makkajo‘xori, lavlagi, sholg‘om, kartoshka, ko‘kat, pomidor yetishtirar va ularning bir nechta o'rdaklari, tovuqlari va cho'chqalari ham bo`lgan kichik fermasi bo`lgan.
U boshlang`ich ta`limni ixtisoslashtirilgan maktabda olgan. Shahar irqqa ajratilgan maktablarning yaratilishi uchun juda kichiklik qilganligi sababli, u o`rta maktabni oq va qora tanlilar birga o`qiydigan maktabda o`rta ta`limni olgan. Shunday bo`lsa-da qora tanli talabalarga sport bilan shug'ullanish yoki maktabdagi ijtimoiy tadbirlarga borishga ruxsat berilmagan, ammo ular oliy ma'lumotga intilishlarini rivojlantirishdan qaytarilmagan.
Yigirma sakkiz yoshida Parks olgan ishchi muhojirlarining suratlari barchaning e`tiborini o`ziga qaratdi.
U birinchi fotoapparati Voigtländer Brillantni Sietldagi (Vashington) lombard dan 12,50 dollarga sotib olgan. Parksning fotosuratlari namoyish etilib, ommaning e`tiboriga tushgach, uni Minnesota shtati Sent-Pol shahridagi, Frenk Merfiga tegishli bo'lgan ayollar kiyimlari do'koniga fotograf sifatida ishga taklif qilishadi va u faoliyatini shu yerda davom ettiradi. Ushbu fotosuratlar boks bo'yicha og'ir vazn toifasidagi chempion Jo Luining rafiqasi Marva Luisning e'tiborini tortgan. U Parks va uning rafiqasi Salli Alvisni 1940-yilda Chikagoga ko'chib o'tishga undaydi. U yerda Parks ayollarining portret fotosuratlarini tayyorlashga ixtisoslashgan o`z biznesini boshlagan. Parksning Chikagodagi fotografik ishi, uning 1942-yilda Yuliy Rozenvald stipendiyasini olishga olib kelgan va unga oyiga 200 dollar ish haqi to'lanadigan ishga taklif qilishadi. O'z navbatida, Roy Stryker homiyligidagi mamlakatning ijtimoiy sharoitlarini tasvirlab beruvchi Farm Security Administration (FSA) ga qo'shilgan.
Keyingi bir necha yil ichida Parks juda ko`plab ish joyini almashtirgan, mustaqil portret va moda fotografiyasi bilan shug'ullangan. U shaharning janubiy tomonidagi qora getto xronikasini yozishni boshlaydi va 1941-yilda ushbu fotosuratlar ko'rgazmasi tufayli FSA fotografiya bo'yicha stipendiyani qo'lga kiritgan
Manbalar
uz.wikipedia.org