Goran Pandev




Goran Pandev (1983-yil 27-iyulda tugʻilgan) — makedoniyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

„Latsio“ da oʻzini koʻrsatgandan soʻng, Pandev 2010-yil boshida "Inter" ga oʻtdi. „Neradzurri“da oʻynab, Pandev koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritdi, jumladan, 2010-yilda A Seriya, Italiya Kubogi va UEFA Chempionlar Ligasida gʻalaba qozondi. 2021-yil 22-aprelda u Yevropaning kuchli beshlik futbol ligalaridan birida 100 ta gol urgan birinchi makedoniyalik futbolchi bo‘ldi. U 2021-yilda UEFA Yevro-2020 dan soʻng xalqaro futboldagi faoliyatini tugatishga qaror qilgunga qadar Shimoliy Makedoniya terma jamoasi sardori boʻlgan. U 38 ta gol bilan mamlakat tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.

Xalqaro maydonlarda



Pandev Makedoniya terma jamoasidagi debyutini 2001-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiyaga qarshi safarda oʻtkazdi. 2009-yil 12-avgustda Ispaniyaga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, Gjorji Xristovni ortda qoldirib, milliy terma jamoaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

U 2015-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi edi, ammo milliy murabbiy Igor Angelovski oʻynashni davom ettirishga koʻndirgan. U 2020-yil noyabr oyida Shimoliy Makedoniyaning Yevro-2020 pley-off o‘yinida Gruziya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda jamoaning yagona golini urdi va bu o‘z mamlakatiga birinchi marta yirik xalqaro turnirga yo‘llanma oldi. Turnirda u Shimoliy Makedoniya terma jamoasining yirik turnirdagi ilk golini kiritdi va Yevro-2020 da Avstriyaga qarshi debyut uchrashuvida.

Oʻyin uslubi



Barcha davrlarning eng buyuk makedoniyalik hujumchisi. Pandev tezkor, ijodkor va mehnatsevar, yaxshi texnikaga ega, o‘zining fursati va aniq zarbasi tufayli ham gol yaratishga, ham gol urishga qodir bo‘lgan chap qanot hujumchisi., shuningdek, uning koʻrish va oʻtish qobiliyati juda yaxshi rvojlangan edi. U bir nechta hujumkor pozitsiyalarda, oʻngda yoki maydonning markazida oʻynashga qodir va u odatda yordamchi rolda, hujimchi, ikkinchi hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ishlaydi.

Shaxsiy hayot



Goran Pandev Nada Pandevaga uylangan va ularning Filippo, Ana va Sofiya ismli uch farzandi bor. Uning ukasi Sashko ham futbolchi. 2019-yilda Pandev Neapolda Italiya fuqaroligini oldi.

2010-yilda u vatani Shimoliy Makedoniyada Akademiya Pandev nomli futbol akademiyasiga asos solgan. Ularning katta jamoasi hozir Shimoliy Makedoniya Birinchi ligasida oʻynaydi va 2019-yilgacha bir martalik kubok gʻolibi hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz