Goplitlar




Goplitlar (hoplitai) — Yunonistondagi ogʻir qurollangan piyoda askarlar (mil. av. 5—4-asrlar). Ular uzun nayza, kalta qilich bilan qurollanib, qalqon, dubulgʻa va sovut kiyishgan. G. 8 qatordan 25 qatorgacha saf tortib jips holda jangga otlanganlar. Jang paytida oldingi ikki qator jang qilgach, orqadagi qatorlar oldingilarni siqib turgan va safdan chiqqanlarning oʻrnini toʻldirgan. G. oʻrta mulkdorlar boʻlib, oʻz hisoblaridan qurollanganlar. Mil. av. 4-asrda oʻrta mulkdorlarning xonavayron boʻlishi tufayli G. oʻz ahamiyatini yoʻqotib, asta-sekin yollanma askarlar bilan almashtirilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz