Google Spaces




Google Spaces guruhlararo muhokamalar oʻtkazish va oʻzaro xabar almashish uchun Google tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq edi. Ushbu ilova Slack kabi oʻzaro kontent almashadigan platforma sifatida ishlab chiqildi. Unda foydalanvuchilar oʻz guruhlari „Space“ larni yaratishadi, doʻstlarini taklif qilishadi va videolar, rasmlar, matnli xabarlarni ulashishadi. Chrome veb-brauzeri, Google qidiruv tizimi, YouTube video ulashish platformasi kabi Google servislari ushbu ilova bilan oʻzaro bogʻlangan. Google Spaces 2016-yil 16-mayda ishga tushirilgan va Windows, Mac, Android va iOS tizimlari uchun chiqarildi. Ushbu ijtimoiy tarmoq loyihasi 2017-yil 17-aprelda toʻxtatildi. Keyinchalik Spaces Google Chat platformasiga qoʻshimcha funksionallik sifatida qoʻshildi.

Tarix



2016-yil 16-may kuni direktor Lyuk Vroblevski Spaces ilovasini „kichik guruhlar oʻrtasida almashinuvlar“ ilovasi sifatida ommaga tanishtirdi. 2017-yil 16-fevralda, Google Spaces tarmogʻi 2017-yil 17-aprelda toʻxtatilishini eʼlon qildi.

Shu yili 3-martda, Google foydalanuvchilar „Space“ larni faqat chop etishi, koʻrishi va oʻchirishi mumkinligini, biroq ortiq yangi „Space“ lar yarata olmasligini eʼlon qildi.

Xususiyatlari



Spaces guruh aʼzolari oʻrtasida suhbat oʻtkazish va xabar almashish imkonini beradi. Foydalanuvchilar suhbatlarni „Space“(kichik guruhlar) yaratib, soʻng doʻstlarini qoʻshilishga taklif qilish orqali boshlashadi. „Space“ ga kirganingizdan soʻng, ekranning pastki qismida chat xonasiga havolalar, rasmlar va boshqa tarkiblarni joylashtirish uchun panel mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun guruhda qanday suhbatlar ketayotganini koʻrish imkoniyati ham yaratilgan.

Google Chrome, Google Qidiruv va YouTube kabi Google mahsulotlari Spaces ilovasiga integratsiya qilingan. Bu foydalanuvchilarga ilovadan chiqmasdan maqolalar, videolar va rasmlarni topish va oʻzaro almashish imkonini beradi. Roʻyxatdan oʻtish uchun Google hisobi boʻlishi kerak.

Quyidagilar foydalanuvchi suhbat guruhlarida baham koʻrishi mumkin boʻlgan post turlari edi:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz