Google Meet




Google Meet ― Google tomonidan ishlab chiqilgan video-qoʻngʻiroq xizmati. Oldingi Google Hangouts oʻrniga kelgan ikkita ilovadan biridir, birinchi ilovasi Google Chat serivisi boʻlgan. Xizmat 2022-yil oxirida Google Duo oʻrnini egalladi, keyinchalik Duo mobil ilovasi Meet deb qayta nomlandi va Duo faoliyati bosqichma-bosqich toʻxtatildi.

COVID-19 pandemiyasi davrida Google Meet ilovasini faqat Google Workspace foydalanuvchilari emas, balki qolgan foydalanuvchilar uchun ham taqdim qildi. Google Meetdan foydalanish 2020-yilning yanvar-aprel oylarida 30 baravarga oshdi. Zoom kundalik foydalanuvchilari 200 millionga yetgan paytda Google Meet ilovasiga kuniga 100 million nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi.

Tarixi




2017-yil fevral oyida alohida mijozlar uchun iOS ilovasi ishlab chiqilgach, Google Meet ilovasini 2017-yilning mart oyida rasman ishga tushirdi. Xizmat dastlab 30 ta ishtirokchiga ega video-konferens-aloqa ilovasi sifatida taqdim etildi. Shunindek, Meet ilovasi Hangouts korporativ mijozlari uchun qulay versiya sifatida tanilgan.

2020-yil avgust oyida Google Duo ilovasini Google Meet bilan birlashtirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berdi. 2021-yil dekabr oyida reja bekor qilindi. Duo platformasini ishlab chiqish davom ettirildi va yangilandi. 2022-yil iyun oyida Google oʻz rejalarini oʻzgartirdi va Duoning Meet bilan birlashishini eʼlon qildi. Platformalarni birlashtirish avgust oyida boshlandi, Duo mobil ilovasi Meet nomiga oʻzgartirildi. Google Duo veb-ilovasi ham Google Meet veb-ilovasiga yoʻnaltirildi.

Imkoniyatlari



Google Meet quyidagi imkoniyatlarga ega:

Google Workspace hisoblari



Google Workspace hisobi foydalanuvchilari quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻlishadi:

Shaxsiy hisoblar



2020-yil mart oyida Google Meetni shaxsiy Google hisobi foydalanuvchilari uchun ham chiqardi. Bepul Meet qoʻngʻiroqlari faqat bitta host va 100 tagacha ishtirokchiga ega boʻlishi mumkin. Meet biznes qoʻngʻiroqlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi qoʻngʻiroqlari yozib olinmaydi va saqlanmaydi. Googlening taʼkidlashicha, Meetdagi foydalanuvchi maʼlumotlaridan reklama tavsiyalari uchun foydalanilmaydi. Biroq, Google qoʻngʻiroqlar davomiyligi, kimlar qatnashayotgani va ishtirokchilarning IP manzillari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash huquqini oʻzida saqlab qoldi.

Texnologiya



WebRTC standartiga asosan, Google Meet video oqimini ixchamlash uchun VP8 va VP9 video kodeklaridan va ovoz oqimini sozlash uchun Opus audio kodeklaridan foydalanadi. 2020-yil aprel oyida Google AV1 video kodekni qoʻllab-quvvatlashini eʻlon qildi.

Google Meet audio va video oqimini boshqarish uchun xususiy dasturiy protokollardan foydalanadi. Bunda, asosan, SIP/H.323 asosidagi konferensiya uskunalari va dasturiy ta'minotlari qoʻllaniladi. Shuningdek, Google Workspace hisobi foydalanuvchilari uchun uchinchi tomon xizmatlari ham mavjud.

Texnik taʼminoti



2020-yilning may oyida Asus konferensiya xonalarida Google Meetdan foydalanish uchun moʻljallangan video-konferens-aloqa uskunasini taqdim etdi, unga „Meet Compute System“ deb nom berildi.

2020-yil 15-sentyabrda Google Lenovo bilan hamkorlikda Meet Series Oneni taqdim etdi. Ushbu toʻplam Meet Compute System, „Smart Camera“, shovqinni kamaytiruvchi „Smart Audio Bar“, masofadan boshqarish pulti va sensorli ekranni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, Google Assistantni ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz