Google Keep




Google Keep 2013-yilda Google kompaniyasi tomonidan eslatmalar va teglar (heshteglar) yaratish, tahrirlash va saqlash uchun yaratilgan bepul dasturdir. Google Keep internet-dastur ko'rinishida bo'lib, iOS tizimida ishlovchi qurilmalar uchun Google Chrome brauzeridagi qo'shimchalar yordamida, Android qurilmalarida ilovalar orqali foydalanish imkoni mavjud.

Ilova ko'rinishlari



Internet talqini



Google Keep dasturining ushbu talqinida quyidagi imkoniyatlar mavjud: eslatma o'rnatish, eslatmalar rangini o'zgartirish, rasm qo'shish, yangi varoqlar qo'shish. Internet talqinida elementlarni ro'yxatda siljitish mumkin hamda o'zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi.

Android talqini



Google Keep faqat Android 4.0.3 (Ice Cream Sandwich) yoki undan yuqori talqinlardagi qurilmalarga o'rnatilishi mumkin. Eslatmaga o'zgartirishlar kiritganingizda, ular avvalgi versiyani tiklash imkoniyatisiz avtomatik ravishda saqlanadi.

Chrome OS talqini



Google Keep dasturi Chrome OS tizimi hamda Google Chrome uhun mavjud bo'lib, bu talqinda eslatmalarni yaratish va internet mavjud bo'lmaganda tahrirlash hamda rasm qo'shish imkoni mavjud.

Dasturdagi yangilanishlar



2014-yilning noyabr oyida Google kompaniyasi dasturdagi qaydlardan bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi topomonidan foydalanish hamda rang, qaydga ruhsat, ma'lumot turi bo'yicha qidirish imkonini qo'shdi 2016-yil oktabr oyida qaydlar joyi o'zgarmasligi uchun mahkamlash funksiyasini qo'shdi 2017-yilda Keep dasturini Google Hujjatlar dasturi bilan foydalanish imkoni yaratildi 2017-yil iyulida Google dasrning Android talqinini yangilab, o'zgarishlarni bekor qilish hamda o'zgartirish imkonini qo'shdi

O'xshash dasturlar



Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar Google Keep singari dasturlarni taqdim etishmoqda. Bular ichida Microsoftning OneNote dasturi, Evertynote, Spirtgpad, Diigo va ko'plab shu kabi dasturlarni keltirib o'tish mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz