Goo Hara




Goo Hara (1991-yil 3-yanvar — 2019-yil 24-noyabr), Hara mononimi bilan bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa boʻlgan. U Janubiy Koreyaning Kara qizlar guruhining aʼzosi va shuningdek, City Hunter (2011) kabi televideniye dramalarda ishtirok etgan. U solist sifatida debyutini 2015-yil iyul oyida oʻzining Alohara (Can You Feel It?) (oʻzbekcha: Siz buni his qilolasizmi?) mini-albomining chiqishi bilan qilgan. Kara guruhi 2016-yilda tarqab ketganidan soʻng, u oʻzining yakkaxon faoliyatini KeyEast agentligida davom ettirdi. Uning yakkaxon faoliyati 2018-yilda sobiq sevgilisi Choi Jong-Bum unga zoʻravonlik qilgani va uning faoliyatiga zarar yetkazish maqsadida ikkising jinsiy aloqa videosini tarqatish bilan tahdid qilganida Goo sud ishiga kirishganidan soʻng toʻxtatilgan. 2019-yil iyun oyida u yakkaxon faoliyatini Yaponiyada davom ettirdi va u yerda muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi. Uning soʻnggi namoyishi 2019-yil 19-sentabrda chiqarilgan Midnight Queen singli edi.

Hayoti va ijodi



Goo 1991-yil 3-yanvarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida tugʻilgan. Gooning ota-onasi onasi oilani tark etganida ajrashishgan. Oʻsh paytda u sakkiz yoshda boʻlgan. Goo va uning akasi buvisi qoʻlida tarbiyalangan, otasi esa oila boqish uchun mamlakat boʻylab qurilishda ishchi boʻlib ishlagan. U Woonchun boshlangʻich maktabida oʻqib, soʻng Jeonam oʻrta maktabida ikki yil davomida yengil atletikachi sifatida mashq qilgan. Goo Seulga Jeonju sanʼat maktabida oʻqiyotganda kelgan va 2005-yilda SM Entertainmentning leybli yoshlar oʻrtasidagi tanlov turnirida ishtirok etgan. Keyinchalik u Donmyung yuqori maktabiga oʻtgan va keyin Sungshin ayollar universitetida oʻqigan. Maktab davrida u internet-kiyim doʻkonlarida model boʻlib ishlagan. 2007-yilda u JYP Entertainmentga qoʻshilish uchun imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Alohara (Can You Feel It)
2015-yil yanvar oyida Goo Super Junior guruhidan Kim Heechul, EXID guruhidan Hani hamda Sistar guruhidan Bora bilan bir qatorda KBSning A Style For You goʻzallik shousini olib borishni boshlagan. 2015-yil iyun oyida u Nail Hara nomli goʻzallik kitobini chiqargan. 2015-yil iyul oyida Goo yakkaxon ijrochi sifatida mamlakatda 4-oʻrinni egallagan Alohara (Can You Feel It?) mini albobining chiqishi bilan debyut qildi. Choco Chip Cookies bosh singlida janubiy koreyalik reper Giriboy ishtirok etadi. 2015-yil oktabr oyida Goo Shaolin Clenched Fists estrada shousiga qoʻshilgan.

Diskografiyasi



Mini-albomlar




Boshqa koʻrinishlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz