Gonzalo Higuaín
Gonsalo Xerardo Iguain (ispancha: Gonzalo Gerardo Higuaín; 10-dekabr 1987, Brest, Fransiya) — argentinalik futbolchi, Argentina terma jamoasi va Inter Mayami klubi hujumchisi
Hayoti
Gonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.
2004—2006 yillar mobaynida „River Pleyt“ safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.
JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.
2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.
Erishgan natijalari
Jamoada
„Real Madrid“
Shahsiy
Statistika
Jamoada
2012-yil 13 may holatiga.
Milliy terma jamoada
Izohlar
Havolalar
uz.wikipedia.org