Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi
Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Gonkong sharafini himoya qiladigan ayollar milliy futbol jamoasidir. Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Gongkon futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi.
Tarixi
Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining shu vaqtga qadar erishgan eng katta yutugʻi 1980-yilda amalga oshdi. AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogining 1980-yilgi mavsumi Hindistonda oʻtkazildi. Oʻsha yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz oʻyinida keskin oʻzgarish yasay olgan holda guruh bosqichining hech bir oʻyinida magʻlubiyatga ucharamadi. Yakunda Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi 1980-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida 3-oʻrinni qoʻlga kiritd i. Bu yutuq hozirga qadar Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro darajadagi turnirlarda qoʻlga kiritgan birinchi va oxirgi sovrini boʻlib kelmoqda. Bundan tashqari Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi 1981-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida (uchinchi oʻrinni olgan mavsumdan keyingi yili) va yana 1989-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida 4-oʻrinni olgan. Ammo shundan keyin Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyin natijalari keskin yomonlashdi va 1989-yilgi turnirdan buyon biron marta ham guruh bosqichidan chiqa olgani yoʻq.
Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib
2022-yil 23-iyun va 26-iyun kunlari Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlarida quyidagi futbolchilar Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan edi.
Xalqaro musobaqalarda Gongkong ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiada oʻyinlari
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi
Osiyo oʻyinlari
EAFF E-1 Futbol chempionati
Ayollar oʻrtasidagi Turkiya kubogi
Yana qarang.mw-parser-output .portalbox{padding:0;margin:0.5em 0;display:table;box-sizing:border-box;max-width:175px;list-style:none}.mw-parser-output .portalborder{border:solid #aaa 1px;padding:0.1em;background:#f9f9f9}.mw-parser-output .portalbox-entry{display:table-row;font-size:85%;line-height:110%;height:1.9em;font-style:italic;font-weight:bold}.mw-parser-output .portalbox-image{display:table-cell;padding:0.2em;vertical-align:middle;text-align:center}.mw-parser-output .portalbox-link{display:table-cell;padding:0.2em 0.2em 0.2em 0.3em;vertical-align:middle}@media(min-width:720px){.mw-parser-output .portalleft{clear:left;float:left;margin:0.5em 1em 0.5em 0}.mw-parser-output .portalright{clear:right;float:right;margin:0.5em 0 0.5em 1em}}
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org