GONIDIYALAR



GONIDIYALAR (Yunoncha gone — keltirib chiqarish, urug’) — 1) ipsimon bakteriyalarning ko’payishi uchun xizmat qiladigan, harakatchan yoki harakatsiz, bitta hujayradan iborat fragmentlari (bo’laklari); 2) ko’k-yashil suv o’tlarining shilimshiq qobig’i bo’lgan, ko’payish uchun xizmat qiladigan bir hujayrali fragmentlari; 3) suv o’tlarining lishaynik tarkibiga kiradigan hujayralari; 4) zamburug’lar va suv o’tlarida jinsiy yo’l bilan hosil bo’ladigan sporaning eski nomi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz