Gomeldagi Komsomolchilar yodgorligi




Gomeldagi Komsomolchilar yodgorligi  — Belarusiyaning Gomel viloyati Gomel shahridagi yodgorlik.

Tarixi va tavsifi



Komsomolchilari yodgorligi bir necha nomga ega: halok boʻlgan komsomolchilar yodgorligi, yer osti komsomol aʼzolari yodgorligi, komsomol qahramonlari monumenti (yodgorligi).

Komsomolchilarga yodgorlik Karpovich va Jarkovskiy koʻchalari chorrahasidagi xiyobonda 1964-yilda komsomolchilar mablagʻi hisobidan oʻrnatilgan. Yodgorlik Ulugʻ Vatan urushi yillarida nemis bosqinchilariga qarshi kurashda halok boʻlgan komsomol qahramonlari, partizanlar va askarlarga bagʻishlangan. Dastlab, qizil granitdan yasalgan toʻgʻri burchakli pogʻonali poydevorga kulrang granitdan yasalgan sakkiz qirrali, 25 metrli obelisk oʻrnatildi. Yodgorlik atrofi bezakli maysazorlar bilan bezatilgan. Yodgorlik (poydevorda) ustida zarhal naqshlar bilan boʻrtma yozuv bitilgan: „Sening buyuk ishlaring oʻlmas. 1941-1945-yillarda Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda qurbon boʻlgan qahramonlarga“. Loyiha mualliflari: arxitektor — Yu. Lisov, haykaltarosh V. Letun.

1975-yilda yodgorlikning old tomoniga qoʻlidagi vimpelni boshi uzra yoyib turgan komsomol qizning haykali oʻrnatildi. Ikki metrli haykal bronzadan ishlangan.

Gomel viloyat kasaba uyushmalari uyushmasi raisi Leonid Vasilyevich Barabanov — 2015-yilda jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan brifingda shunday dedi:

Viloyat va shahar ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda 11-sonli umumtaʼlim maktabdagi obeliskni qayta tiklashga qaror qilindi. Ushbu yodgorlik komsomol harakatining Ulugʻ Vatan urushidagi ishtiroki, yoshlar qarshiligining ahamiyati ramzidir. Yodgorlik restavratsiya va rekonstruksiyaga muhtoj. Barcha ishlar 9-mayga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan[3].

2015-yil mart oyida yodgorlik va uning atrofidagi hududlar rekonstruksiya qilindi. Yodgorlikda zamonaviy yoritgich paydo boʻldi. Yangilangan komsomolchilar yodgorligi 2015-yil 8-mayda Buyuk Gʻalabaning 70-yilligiga ochildi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz