Golnoosh Khosravi




Golnoosh Khosravi (2001-yil 12-mayda tugʻilgan) — Eronlik futbolchi, qanot himoyachisi. U Eron ayollar futbol jamoasi va Bam Khatoon FC klubi a'zosi. 2019-yilda, 18 yoshida, u Turkiya ayollar futboli oliy ligasida o‘ynash uchun Turkiyaning Konak Belediyespor jamoasiga o‘tib, xorijdagi futbol ligasida o‘ynagan eng yosh Eronlik ayol futbolchiga aylandi.

Yoshligi



Golnoosh Khosravi 2001-yilda Isfahanning Shahinshahr shahrida yolg‘iz farzand bo‘lib dunyoga kelgan. U otasidan ayrilib, onasi bilan davom yashashda davom etdi.

Karyera



Khosravi futbol maydoniga 10 yoshida kirib kelgan. U 14 yoshida Zob Ahan Isfahan bilan birga edi. 2019-yil avgust oyida Khosravi Turkiyaning Konak Belediyespor jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Turkiya ayollar futboli oliy ligasida o‘ynay boshladi, bu esa uni xorijda o‘ynagan eng yosh eronlik ayol futbolchiga aylantirdi. U Konak Belediyesporda o'ng yarim himoyachi va chap yarim himoyachi sifatida o'ynagan. Jismoniy o'xshashligi va tezkor o'yin uslubi tufayli uni Neymar bilan solishtirishdi.

Turkiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli Khosravi oilasidan uzoqda Turkiyada karantinga olingan va Turkiya ligasida 10 oylik o‘ynaganidan keyin Eronga qaytib kela olmadi va 19 yoshga to'lganiini yolg‘iz nishonladi. Eronga qaytgach, u Eron terma jamoasi lagerida mashg'ulotlarni boshladi.

2021-yilda Khosravi Eron ayollar terma jamoasida o‘ynagan va 2022-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi o‘yinlarida Eron sharafini himoya qilgan.

Keyinchalik 2021-yilda u Eronning eng nomdor ayollar futbol jamoasi bo'lgan Bam Khatoon futbol klubiga qo'shildi.

Xalqaro gollar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz