Goll Sharl De
GOLL (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolombele Dyoz-Egliz) — Fransiya Prezidenti (1959— 69). 1940-yil Londonda antigitlerchilar koalitsiyasiga qoʻshilgan. "Ozod Fransiya" (1942-yildan "Kurashayotgan Fransiya") vatanparvarlik harakatiga, 1941-yil esa "Fransiya milliy qoʻmitasi"ga asos solgan. 1943-yil Jazoirda tuzilgan "Fransiyani ozod qilish milliy qoʻmitasi"ga rahbar boʻlgan. 1944-yil iyunda G. bu qoʻmitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirgan. Fransiya Muvaqqat hukumati boshligʻi (1944—46 yil yanvar). Urushdan soʻng "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958-yil Fransiya bosh vaziri. G.ning tashabbusi bilan prezident huquqini kengaytiruvchi yangi konstitutsiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Fransiya oʻzining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Goll Sharl De haqida ma'lumotni aniq tushunish uchun qo‘shimcha kontekst kerak bo‘ladi, chunki ushbu ism yoki atama haqida keng ma'lumot mavjud emas. Iltimos, quyidagi savollarga javob bera olsangiz, yaxshiroq yordam bera olaman:
- Goll Sharl De — bu shaxs nomimi, tashkilot, asar yoki boshqa nima?
- Qaysi soha yoki mavzu bilan bog‘liq?
- Istalgan boshqa ma’lumot yoki bog‘liq tafsilotlar bormi?
Agar qo‘shimcha ma'lumot bersangiz, mavzu haqida batafsilroq va aniqroq ma'lumot taqdim eta olaman.