Goldman Naum Abramovich




Naum Abramovich Goldman (1896.23.7, Kiyev - 1981.19.2, Toshkent) — dirijyor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Toshkentdagi rus opera va balet teatrida bosh dirijyor (1941—46), Na-voiy nomidagi opera va balet teatrida dirijyor (1943—67), Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi (1941— 81). Repertuaridan chet el, rus va Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlari oʻrin olgan. "Ivan Susanin" (M. Glinka, 1942), "Yevgeniy Onegin" (P. Chaykovskiy, 1948), "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov va B. Brovsin, 1949), "Boris Godunov" (M. Musorgskiy, 1953, 1965), "Boʻronda" (T. Xrennikov, 1954), "Ulugʻbek" (A. Kozlovskiy, 1958), "Toska" (J. Puchchini, 1955, 1963) va b. operalarning sahnalashtiruvchi dirijyori.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz