Goldbax muammosi
Goldbax muammosi — sonlar nazariyasining hali toʻla yechimini topmagan muammolaridan biri.
X.Goldbax 1742-yil 7-iyunda L.Eylerga yozgan xatida „Menimcha har qanday
n
>
5
{\displaystyle n>5}
natural son uchta tub son yigʻindisidan iborat“ degan fikrni bayon qilgan.
Eyler oʻzining javob xatida: „Har qanday
n
>
2
{\displaystyle n>2}
juft son ikkita tub son yigʻindisidan iboratligiga aminman, lekin afsuski, juda koʻp uringan boʻlsamda, men buni isbot qilolmayapman“ deb yozgan.
Bu gipotezalar birgalikda Goldbax-Eyler gipotezalari yoki Goldbax-Eyler muammosi deb yuritiladi.
Agar Goldbax gipotezasini juft sonlar va toq sonlar uchun alohida yozilsa, u holda Goldbax-Eyler gipotezalarini quyidagicha bayon qilish mumkin:
Goldbaxning kuchli binar gipotezasi (yoki Eyler gipotezasi):
„Har qanday
n
>
2
{\displaystyle n>2}
juft son ikkita tub son yigʻindisidan iborat“.
Juft sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:
„Har qanday
n
>
4
{\displaystyle n>4}
juft son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.
Toq sonlar uchun Goldbaxning kuchsiz ternar gipotezasi:
„Har qanday
n
>
5
{\displaystyle n>5}
toq son uchta tub son yigʻindisidan iborat“.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org