Golan tepaligi




Golan tepaligi (yoki Golon tepaliklari[5][6], arabcha: هَضْبَةُ الْجَوْلَانِ; arabcha: مُرْتَفَعَاتُ الْجَوْلَانِ ; ivritcha: רמת הגולן, Ramat HaGolan, Talaffuziⓘ) – Suriyaning janubi-gʻarbiy qismida va Isroilning shimoli-sharqida joylashgan tepalikli hudud. Golan platosi sifatida ham tanilgan Golan tepaliklari Livan, Iordaniya va Suriya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan. Hududda, shuningdek, boy suv manbalari ham mavjud. Golan tepaliklari Suriya hududida joylashgan boʻlsa-da, 1967-yili yuz bergan Olti kunlik urush vaqtida Isroil tomonidan bosib olingan. 1981-yilning oʻzida Isroil Golan tepaliklarini oʻz hududiga qoʻshganini rasman eʼlon qildi. Xalqaro tashkilotlar bu hududni Isroil tomonidan bosib olingan Suriya hududi sifatida qabul qilgan.

2019-yil 25-mart kuni Qoʻshma Shtatlar Isroilning Golan tepaliklari ustidan nazoratini tan olgan birinchi davlat boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz