Gol nishonlash




Sportda gol nishonlash  — bu gol urilganidan soʻng amalga oshiriladigan oʻziga xos anʼanadir. Odatda gol muallif tomonidan nishonlanadi, koʻp hollarda esa jamoadoshlar, murabbiy yoki murabbiylar shtabi va jamoa muxlislari ham ishtirok etishi mumkin. Umuman olganda, mazkur atama gol nishonlanishini nazarda tutsa-da, oʻyinchining koʻylagini yechishi yoki salto qilish kabi muayyan harakatlarga ham qoʻllanilishi mumkin. Gol nishonlash asosan futbol va xokkey kabi kam ball toʻplanadigan sport turlarida muhimroq boʻlib, bu yerda gol katta ahamiyatga ega.

Koʻplab mashhur gol nishonlash usullari abadiylashtirilgan. Masalan, haykalda (Thierry Henry), reklamalarda (Ronaldo), pochta markalarida (Pelé), jurnal muqovalarida yoki videooʻyinlarda (Krishtianu Ronaldu, Gareth Bale, Lionel Messi va boshqalarning gol nishonlashlari FIFA seriyasidagi oʻyinlarga kiritilgan) mashhur gol nishonlash usullaridan foydalanilgan.

Nishonlash



Gol qoʻshigʻi




Gol qoʻshigʻi yoki golni nishonlash musiqasi — gol urilgandan keyin futbol yoki xokkey kabi sport turlarida ijro etiladigan qisqa musiqa. Baʼzan qoʻshiq ijro etilishidan oldin, ayniqsa Milliy Xokkey Ligasida (NHL) gol sadosi yangraydi.

Ana shunday qoʻshiqlardan biri Bellinining „Samba de Janeiro“ qoʻshigʻi boʻlib, u Bolton Wanderersning oʻz uyida urilgan har golidan keyin yangraydi, bu qoʻshiq Yevro 2008da gol qoʻshigʻi sifatida ishlatilgan. "Milan" „San-Siro“da har safar gol urganida van Halenning „Jump“ qoʻshigʻi ijro etiladi. Blurning „Song 2“ nomli qoʻshigʻi Germaniya va Avstriyaning baʼzi klublarida ijro etiladi. Shimoliy Amerikada esa asosan Glitter guruhining „Rock and Roll (Part Two)“ asari qoʻyiladi. Ukrainaning „Shaxtyor Donetsk“ futbol klubining uy maydoni boʻlgan „Donbass Arena“ da mezbonlar gol urganida, toʻpurarning millatiga mos keladigan musiqa qoʻyish anʼanasi bor. Masalan, armanistonlik Genrix Mxitaryan gol urganida hamyurti Aram Xachaturyanning „Sabre Dance“ asari yangragan. "Bavariya" Allianz Arenada gol urganida, Can-can yangraydi.

Mashhur nishonlash usullari




Jazo



Baʼzi hollarda golni niahonlash futbolchilarga qimmatga tushishi ham mumkin. Jumladan, fashizm, natsizm, irqchilik kabi illatlarni ifodalovchi usullar, oʻyinchining futbolkasini yechishi kabilar hakamlar va futbol assotsiatsiyalari tomonidan jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda maqoladagi rasmlar orqali koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin.

Golni nishonlamaslik



Gol nishonlashdan bosh tortish yoki ovozsiz gol nishonlash futbolda nomaʼlum va kam uchraydigan narsa emas. Bu koʻpincha oʻyinchi sobiq klubiga, ayniqsa, faoliyatini boshlagan va/yoki eng katta muvaffaqiyatli davrini oʻtkazganklubga gol urganida kuzatildi.

Mashhur golni nishonlamaslik holatlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz