Go'kcha




Sevan (Goʻkcha) — Armaniston va Kavkazdagi eng katta koʻl, 1900 m balandlikda. Maydoni 1360 km². Oʻrtacha chuq. 28,5 m. Eng chuqur joyi 83 m. S.ni 2 ta burun shim.gʻarbiy (Kichik Sevan) va jan.sharqiy (Katta Sevan) qismlarga ajratib turadi. Koʻlga 28 soy quyiladi, koʻldan Razdan (Zanga) daryosi oqib chiqadi. Bu daryoga 6 ta GES qurilgan. Sda xonbaliq va boshqa baliklar ovlanadi. Koʻl suvi va Razdan daryosining suvidan Sevan GES kaskadida foydalaniladi. Arpa daryosining suvini koʻlga quyish uchun Arpa — Sevan tonneli (uz. 49 km) qurilgan. Sevan sohilida Sevan sh. joylashgan. Koʻl atrofi dam olish zonasiga aylantirilgan. Turizm rivojlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz