Gogul




Gogul bolalar brauzeri — Ota-onalar farzandini internetdan toʻgʻri foydalanishini nazorat qilish, bolalarini nomaqbul kontentdan onlayn tarzda cheklashga moʻljallanga Mozilla Firefox brauzaerining bepul kengaytmasi. Rossiyaning „Novoye pokoleniye“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. 2020-yilda loyiha internet-i-deti.ru saytiga oʻtdi.

Ishlash tizimi



Mustaqil brauzer sifatida paydo boʻlgan Gogul bolalar kirishi mumkin boʻlgan „oq“ vebsaytlar katalogiga ega. Bu katalogga kiritilmagan vebsaytlarga esa kirish blokirovka qilingan. Brauzerning manzil satriga URL manzilni kiritishda yoki havolaga oʻtishda Gogul kiritilgan manzilning mavjud vebsaytlar katalogida bor yoki yoʻqligini tekshiradi, agar yoʻq boʻlsa, saytga oʻtishni taqiqlaydi. Hozirda Gogulni brauzerga oʻrnatib boʻlmaydi, chunki Mozilla oʻzining kengaytmasidan bu plaginni chiqarib tashlagan.

Ota-onalar nazorati



Kengaytmaning sozlamalari ota-onalarning shaxsiy hisobidan boshqariladi, undan foydalanish uchun kengaytmaning vebsaytida roʻyxatdan oʻtish kerak. Gogul, shuningdek, ruxsat etilgan vebsaytlarning mavjud katalogini kengaytirish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun shaxsiy hisobga kirish orqali ota-ona farzandi kirmoqchi boʻlgan vebsayt yoki vebsaytlarni mustaqil ravishda qoʻshishi mumkin. Har bir bola uchun ota-onalarning shaxsiy nazorat sozlamalari mavjud: davomiylik, onlayn oʻtkazgan vaqti va ruxsat etilgan vebsaytlar roʻyxati. Kengaytma, shuningdek, bola kirgan saytlarning daqiqalik statistika maʻlumotlarini ham yuritadi. Agar ota-ona xohlasa, farzandi internetdan cheksiz foydalanishi uchun shaxsiy hisob sozlamalarida „Hamma narsaga ruxsat berilgan“ variantni belgilashi kerak, bu rejimda Gogul faqat ota-onalar uchun farzandi foydalangan vebsaytlar statistikasini toʻplaydi.

Angry Duck



Angry Duck — bu Gogulning ishlashi uchun ixtiyoriy boʻlgan bepul dastur, dastur ishlashi davomida Goguldan tashqari, barcha brauzerlarni bloklaydi, bu esa bolaning ruxsatsiz boshqa vebsaytlarga kirish imkoniyatini yoʻq qiladi. Blokirovkani dasturga ota-onalarning paroli bilan kirganda bekor qilish mumkin.

Mukofotlari



PC Magazine Russian Edition jurnali tomonidan 2009-yildagi eng yaxshi dasturlar roʻyaxtiga kiritilgan.
2009-yilda Aleksandr Plushev mukofotiga nomzod boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz