Goga Abrorovich Hidoyatov
Goga Hidoyatov (1930-yil 9-may — 2015-yil 10-dekabr) — tarixchi, professor, tarix fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. 1961-1994-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Yangi va eng yangi tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Goga Hidoyatov oʻzbek tilidan tashqari rus va ingliz tillarini mukammal bilgan.
Tarjimai holi
Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur oʻzbek drama aktyorlari, SSSR xalq artistlari Abror Hidoyatov va Sora Eshontoʻrayevalardir.
Mixaill Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida oʻqigan (1954).
2005-yilda pensiyaga chiqqan.
Rafiqasi Bobojonova Anila Gʻulomovna (1975-yilda vafot etgan), ikki nafar qizi bor. Qizi — siyosatchi, tarix fanlari nomzodi Nigora Hidoyatova (1964-yilda tugʻilgan). Qizi — jamoat arbobi, tadbirkor Nodira Hidoyatova (1967-yilda tugʻilgan).
15 ta monografiya va 100 dan ortiq maqolalari ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Kolumbiya universiteti professori va tarixchi Edvard Ollvortning "The Modern Uzbeks" ("Zamonaviy oʻzbeklar") asarining ayrim boblarini ingliz tilidan tarjima qilgan. Shuningdek, Xilda Xukxemning Amir Temurga oid asarini ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflariga moʻljallangan jahon tarixi darsliklari muallifi. Moskva, Pekin, Dehli, Peshovardagi ilmiy ma'ruzalarda chiqish qilgan. Manchester universiteti, J.Neru universiteti, Madras universiteti, Quddus universiteti, Kolumbiya universiteti, Merilend universiteti, Nyu-York CIty kolleji, Pekin universitetida ma’ruzalar oʻqigan.
Ilmiy faoliyati
Umrining oxirlarida „Turkiy tamaddun“ kitobini yozib tugatadi.
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org