Ibrohim G‘ofurov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. Ilk hikoyalari va maqolalari 1957 yilda nashr etila boshlagan.
Ibrohim G‘ofurov 1980 — 2000 yillar istiqlol madaniyati, ma’naviyati, erkinlik va axloq, yangicha insoniy qarashlarning shakllanishi, onglarning uyg‘onishi haqida yozgan.
Jahon adabiyotini milliy o‘zbek adabiyoti bilan boyitib, unga katta hissa qo‘shgan.
1987 yil I. G‘ofurov “O‘ttiz yilning izhori” kitobi uchun Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan.
1977 yil “Ma’rifat” kitobi uchun Komsomol, Yozuvchilar uyushmasi mukofotlari bilan taqdirlangan. Jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.
1996 — 2005 yillar Oliy Majlis deputati.
1995 yil “Do‘stlik”, 2007 yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetining chet tillar fakultetida faoliyat yuritib keladi.
Hayoti davomida Ibrohim G‘ofurov ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Yana ko‘p ishlar qilishga ulguradi, toki, yoshning chegarasi yo‘q va u ishlashdan va ijod qilishdan to‘xtamaydi. 2017 yil Prezident farmoni bilan, Ibrohim Usmonovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvoniga loyiq topilgan va bu uning mehnati va iqtidori oldidagi yana bir iqrordir.
Uning kitoblari:
1. “Go‘zallikning olmos qirralari”. Adabiy o‘ylar, Toshkent, 1964. 142 b.
2. “Unutilmagan bog‘. Usmon Nosir”, 1967. 80 b.
3. “Ona yurt kuychisi, Mirtemir”, 1970. 38 b.
4. “Joziba”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1970. 197 b.
5. “Yonar so‘z”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1973. 183 b.
6. “Yam-yashil daraxt”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1975. 230 b.
7. “O‘rtoq shoir”. Maqsud Shayhzoda lirikasi, 1976. 110 b.
8. “Yurak — alanga”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1980. 294 b.
9. “Prozaning shoiri. Said Ahmad mahorati”, 1981. 157 b.
10. “Lirikaning yuragi”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1982. 272 b.
11. “So‘zun ishig‘i”. Muosir o‘zbek adabiyoti haqinda. Baki, 1979.
12. “She’riyat — izlanish demak”. Adabiy-tanqidiy ocherk, 1984. 222 b.
13. “O‘ttiz yilning izhori”. Ilmiy-tanqidiy risolalar, 1987. 398 b.
14. “Iltijo”. Mansuralar, 1991. 176 b.
15. “Dil erkinligi”. Mansuralar, badialar, hikoyalar, 1998. 151 b.
7. “Hayot sheriklik va hamkorlikda. O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi Tarixning boshlanishi”. Dialog. Erkin Vohidov — Ibrohim G‘afurov. “Milliy Tiklanish”, 2002, 30 iyul.