Gʻofur Rahimov




Gʻofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov  — 1951-yil 22-iyulda Toshkentda, xizmatchi oilasida tavallud topgan. Oʻzbekiston Moliya Sanoat guruhlari rahbarlaridan biri. Oʻtgan asrning 80-90-yillarida Oʻzbekistonda taniqli „kriminal avtoritet“lardan biri boʻlib hisoblangan Gʻofur Rahimov, ayrim ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik jinoyat olamidan yiroqlashib, legal tadbirkorlik bilan shugʻullana boshlagan.

Mustaqil Oʻzbekistonning dastlabki yillari Gʻofur Rahimov keng miqyosda va bozor iqtisodiyotini barcha ustunliklarini qoʻllab ishlaydigan bir qator tijorat kompanyalarini taʼsis etdi. Oʻsha yillari uning tijorat qiziqishlari doirasiga keng isteʼmol va kunlik ehtiyoj mollari bilan savdo qilish, xalqaro tijorat aloqalarini kengaytirish kabi masalalar kirar edi. Gʻ.A. Rahimov oʻzining ish operasiyalarini oʻzi prezident hisoblangan va asosiy aksiyalar egasi boʻlgan bir qancha kompaniyalar orqali amalga oshiradi. Aynan shu kompaniyalar yillar davomida mustahkam iqtisodiyot asosida Angliya, Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, AQSH, Shveysariya, Fransiya kabi davlatlarning eng mashhur firmalari bilan sermahsul hamkorlik qilib kelmoqda. Gʻ.A. Rahimov firmalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekistonga xalq isteʼmol mollari, kimyo, avtomobil va engil sanoati hom ashyolari keltiriladi. Bundan tashqari, Gʻ.A. Rahimov tomonidan turli davlat kompaniyalari bilan tashkil etilgan qoʻshma korxonalar juda samarali faoliyat koʻrsatmoqda.

2007-yil boʻyicha madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlar uchun Oʻzbekiston madaniyat va sport vazirligi tomonidan mukofotlanganlar orasida mamlakat prezidentining qizlari Gulnora va Lola Karimovalar bilan bir qatorda Gʻofur Rahimov hamda Oʻzbekistondagi yana bir „kriminal avtoritet“ Salim Abduvalievlar bor boʻlgan. Oʻshanda Gʻofur Rahimov „Sportning xalqaro miqyosdagi faol targʻibotchisi“ oʻlaroq taqdirlangangan.

Mehnat faoliyati




Sportdagi homiylik



Sport Gʻofur Rahimov hayotida doimo asosiy oʻrin tutgan. Oʻsmirlik yillari Gʻofur Rahimov sport bilan jiddiy shugʻullangan, ayniqsa boksga qiziqqan. U shuningdek, tennis va futbolni yaxshi oʻynaydi. U Oʻzbekistonlik sportchilarni yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishlarida homiylik qilgan.

G’.A. Rahimov xalqaro sport harakatida ko`zga ko`ringan rolni o`ynaydi: Markaziy Osiyo Mintaqasidan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidenti, Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) vitse-prezidenti, AIBA Biznes-Komissiyasi Raisi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasi Ijroqo’mining 2003-yil yanvardagi qaroriga binoan OOK vitse-prezidenti G’.A. Rahimov Osiyo Olimpiya Kengashining “Olimpiya harakati rivojiga qo`shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz