G‘ofur Qosimov




G‘ofur Qosimov (1894—1938) — Namangan uyezdi „Qo‘shchi“ ittifoqi raisi. O‘zbekiston ipakchilik trestining direktori. 1938-yilda qatagʻon qurboni boʻlgan.

G‘ofur Qosimov 1894-yili O‘sh shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan, otasidan 7 yoshida judo bo‘lib, onasi qo‘lida qolgan. 1897-yili oila doimiy yashash uchun Namangan shahriga ko‘chib kelgan. Otasidan hech qanday meros qolmagan

G‘ofur 6 yoshdan musulmon maktabida o‘qiydi, 12 yoshida yangi usuldagi o‘zbek maktabiga kiradi, 1908-yilgacha boylar qo‘lida xizmatkor bo‘lib ishlagan, asalari yetishtirgan. 1917-yilgi inqilobdan keyin Farg‘ona shahrida bir oylik qisqartirilgan pedagogik kursda o‘qigan va 1918-yili Namangan shahridagi pedagogik kurslarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 1919—1921-yillari Namangan shahar xalq maorifi boʻlimi mudiri boʻlib xizmat qiladi, 1921-yil aprel boshlarida partiya safiga o‘tadi, 1921-yili Namangan uyezd-shahar ijroiya komitetiga saylanadi va uyezd-shahar militsiya boshligʻi, uyezd-shahar partiya komiteti mas’ul kotibi, 1924-yildan 1925-yilgacha Namangan uyezd-shahar „Qo‘shchi“ ittifoqi raisi, 1925—1927-yillari Qo‘qon shahrida viloyat ijroiya komiteti umumiy bo‘lim mudiri, 1929—1930-yillari Namangan tumanida paxta Ittifoqi raisi, 1930—1931-yillari Andijon okrug kolxoz seksiyasi raisi bulib ishlaydi. 1931—1932-yillari Moskvada Oliy kolxozlar institutida o‘qiydi, o‘qishdan qaytib kelib yana Namangan tumani kolxoz ittifoqining raisi bo‘lib ishlaydi. 1932—1934-yillari Toshkentda O‘zbekiston ipakchilik trestining direktori boʻlib ishlaydi, shaxsiy varaqasida 1919—1922-yillari bosmachilik frontida 184 marotaba urushda qatnashgani qayd etilgan. 1923-yil oktyabrida bosmachilikka qarshi kurashdagi qahramonona ishlari uchun SSSR Markaziy Ijroiya Komiteti prezidiumi qarori bilan G‘afur Qosimov SSSR Markaziy Ijroiya Komitetining yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Shaxsiy varaqasida VKP (b) Markaziy Komiteti Oʻrta Osiyo byurosi tomonidan 1929-yili Gʻafur Qosimovga maxbus qoʻrboshilarni ozod qilinishiga qarshilik bildirgani uchun xayfsan eʼlon qilingani qayd etilgan.

SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 4-oktyabr yigʻilishida Gʻafur Qosimov otishga hukm qilindi. Hukm oʻsha kuni ijro etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz