Goffmann satiri




Goffmann satiri ( Karanasa hoffmanni ) — baxmallilar turkumigv mansub kunlik kapalak. Maxsus nom lepidopterologiyaga ixtisoslashgan nemis entomologi Ernst Avgust Xoffman (1837-1892) sharafiga berilgan. U ikkita kapalak atlasining muallifi sifatida tanilgan: Die Gross-Schmetterlinge Europas» (1887) i «Die Raupen der Gross-Schmetterlinge Europas» (1887). Uning "Yevropa kapalaklari va qisman Rossiya-Osiyo mulklari atlasi" rus tilida nashr etilgan.

Tarqalishi



Oʻzbekistonning endemiki — Kumbel dovoni ( Turkiston tizmasi ) atroflarida uchratish mumkin. Dengiz sathidan 3000-3200 m balandlikdagi baland tog‘ o‘tloqlarining shag‘al va tuproqli yonbag‘irlarida, boshoqli o‘simliklar majmualarida yashaydi. Bu tur donli o‘simliklar uyushmalari bilan chegaralangan .

Yashash tarzi



Bunday kapalaklarning hayot tarzi oz o‘rganilgan. Uchishi va tuxum qo‘yishi iyul–avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Kapalaklarning uchish davri yildan yilga farqlanadi .

Muhofaza etish



Kapalak turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Zomin milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan; yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish lozim .

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz