Godrik Griffindor




Godrik Griffindor (ing. Godric Gryffindor) – afsungar, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Griffindor nomi berilgan, bundan tashqari u tugʻilgan Godrik vodiysi ham uning sharfiga nomlangan. Griffindor fakultetining ramzi – qizil fondagi arslon.

Godrik Griffindor insonlardagi jasoratni juda ham qadrlardi va shunga tayangan xolda oʻquvchi qabul qilar edi. Hogwartsning boshqa asoschilari ham oʻzlariga oʻquvchi qabul qilishda insonlardagi maʼlum sifatga eʼtibor berishar edi. Bu jarayon afsungarlardan keyin qanday kechishi haqida savol uygʻonganida, Godrik Griffindor oʻzining shlyapasini afsunlab, unga butun umrga fakultetlarga talabalarni qabul qilishni ishonga xolda, uni Taqsimlovchi Shlyapaga aylantiradi.

Shlyapadan tashqari Griffindordan bir qilich ham qoladi. Uning noodatiy tomoni shundaki, uni shlyapaning ichidan faqatgina xavfli vaziyatlardagina, Griffindorga eng loyiq talaba chiqara olardi.

Qilich oʻz vaqtida goblinlar tomonidan yasalgan va Godrik bu ish evaziga goblinlarga sharaf taqdim etdi. Lekin Griffindor oʻlimidan soʻng, meros qoldirilishi haqida tushunchaga ega boʻlmagan goblinlar qilichni yana oʻzlariniki deb hisoblashgan. Afsungarlar qilichni qaytarishmagani, goblinlar va odamlar oʻrtasidagi tarang munosabatlarni yanada keskinlashishiga sabab boʻldi.

Godrik Griffindor asarlarda chiqish koʻrsatmaydi, uning nomi faqatgina yozilib qoldirilgan (birinchi marta – „Mahfiy Hujra“da).

Sehrli qobiliyatlari va koʻnikmalari




Qiziq faktlar




Ism etimologiyasi



"Godrik" eski ingliz tilidan ("Godric") tarjima qilinganda "Hukmdor" maʼnosini anglatadi. Bundan tashqari bu soʻz "Iloh kuchi" maʼnosini ham anglatadi (qadimgi ingliz tilidagi "God" (Hudo, Iloh) va "ric" (kuch, qoida, qonun) soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan)
"Griffindor" – ing. Griffin – "grifon" va fr. "d`or" – "oltin", yaʼni "Oltin Grifon" maʼnosini anglatadi.

Koʻrinishlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz